foto1 foto2 foto3 foto4 foto5


+998662250176
admin@bmsm6.uz
www.bmsm6.uz

Musiqa va san'at maktabi

Maktab haqida ma’lumot


6-son bolalar musiqa maktabi dastlab super Fosfat posyolkasining «Ximiklar saroyi» da tashkil topgan. 1961 yil sentyabr oyida Samarqand Viloyat xalq ta'limi boshqarmasining buyrug'iga binoan direktor lavozimiga Obloberdiyev Davron Igamberdiyevich tayinlangan. Uzining mexnat faoliyatini hamkasblari Kanavanov I.A va Rijov G.M lar bilan boshlagan.  3 ta bo`lim ochilgan.
1. Rus xalk cholgu asboblari
2. Fortepiano bulimi
3. O'zbek xalk cholgu asboblari
«Ximiklar saroyi» da 6-son BMM 1976- yilgacha ish faoliyatini olib borgan. Samarkand Kimyo zavodi va Pas. Sovet qarori bilan maktabni kengaytirish maqsadida Ziyolilar kuchasi 2- uy binosi berildi. Ushbu bino 1953 yilda kurilgan.
Uqituvchilar jamoasi soni 32 kishini tashkil qilgan.
Maktab jamoasining kuchi bilan binoni rekonstruksiya ishlari boshlangan. Maktab 12 ta o'quv sinfiga kupaydi.
1976 yil 1- sentyabrda maktabning 15 yilligi nishonlandi.
1978 yil 6-son BMM shahar tuman viloyat va respublika kurik tanlovlarida 20 o'quvchi qatnashdi. Ular I, II urinlarni olib diplom va sovg'alar olishdi.  Ayrimlari uqituvchi bulib shu maktabda ishlagan. 1985 yilda shahar Xalk ta’limi bulimidan madaniyat va sport boshqarmasiga utdi. Maktab jamoasi shahar, tuman, viloyatlarda bulib utadigan tadbirlarda faol katnashdi.
1990 yilga kelib maktabda o'quv sinflari 18 taga yetdi. Bu sinflar musiqa maktabi talablariga javob berardi.
Xomiylar va maktab jamoasi kuchi bilan Katta zal, 4 ta sinf va tasviriy san’at sinfi ochildi. 
1990 yil Bolalar musiqa maktabi tasviriy san’at bulimii ochilgai uchun. Bolalar musiqa va san’at maktabi deb atala boshlangan. Maktabda sinf xonalari qattiq va yumshoq jihozlar bilan ta’minlandi. Musiqa saboblarida 2 ta Royal, 14 ta Fortepiano, doira, rubob, dutor, avgon ruboblar bulgan.
2001 yil 6- BMSM ni 40 yilligi nishonlandi. 2009 yili BMSM lar va XTMFMTT bulimii tasarrufiga utdi.
2009 yil iyun oyida maktab direktori Obloberdiyev Davron Igamberdiyevich nafaqaga chiqdi va maktabga o'quv ishlari buyicha direktor urinbosari Niyazkulov X.F direktor etib tayinlandi.
2010 yil maktabda kapital rekonstruksiya ishlari boshlangan va sentyabr oyida maktab yangi binoga ega buldi. O'quvchilar soni 150 nafar ni tashkil qildi.
2012 yil 2 yanvardan Viloyat Xalk Ta’limi Boshkarmasi tasarrufiga o'tkazildi. Shu davrda maktabda o'zbek xalq cholg'u asboblari, fortepiano , tasviriy san’at, xoreografiya amaliy xonandalik bulimlari faoliyat yuritgan.
Maktabda tahsil olayotgan uquvchilar Respublika kurik tanlovlariga muntazam qatnashib kelishmoqda. Jumladan «Yangi avlod» bolalar ijodiyoti festivalida dutor sinfi o'quvchisi Axmedova Moxigul viloyat boskichlarida Faxrli I urinni kulga kiritib, Respublika bosqichiga katnashib kelgan. Shuningdek «Muhiddin Qori Yoqubov», «Yagonasan muqaddas vatan» tanlovlarida faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanishgan. Jumladan 2017 yil bo`lib o`tgan M-Qori Yoqubov ko`rik tanlovida 5-sinf o`quvchilarimiz Hamroqulov Ro`zimurod va Rabbimov Davlat, Respublika bosqichida 1-o`rinlarni qo`lga kiritib, Samarqand San`at kollejiga imtiyozli ravishda o`qishga qabul qilindilar.
Hozirgi kungacha bitiruvchilar soni 1017 ta talabaga oshdi.
2017 yil aprel oyidan boshlab Viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufiga o`tkazildi.


Copyright © 2019 www.bmsm6.uz Barcha huquqlar himoya qilingan.